SAFI fabrikasi
Toshkent shahridagi sport va korporativ kiyimlar ishlab chiqarish korxonasiga quyidagi xodimlar kerak: Rahbar assistenti — ishlab chiqarish buyurtmalarini kuzatib borish, mato va furnitura xaridini tashkil etish, yetkazib beruvchilar bilan ishlash, buyurtmalar muddatini nazorat qilish, hisob-kitoblarni yuritish va rahbar topshiriqlarini bajarish. Ishlab chiqarish yoki xaridlar sohasidagi tajriba ma’qul; kompyuter va ofis dasturlaridan foydalana olish, mas’uliyatlilik va tashkilotchilik talab etiladi. Tajribali tikuvchilar — tikuvchilik ishlab chiqarish tajribasi, to‘g‘ri chok tikish mashinasi, overlok va rasposhivalka uskunalarida ishlay olish, mas’uliyatlilik va ozodalik talab etiladi. Yo‘l xarajatlari qo‘shimcha qoplanadi. Tikuv buyumlarini tozalovchi xodima — tayyor kiyimlarni ortiqcha iplardan va material qoldiqlaridan tozalash, mahsulotlar tozaligi va sifatini tekshirish. Tikuvchilar uchun ish grafigi: 5/2, dushanba–juma, 09:00–18:00. Maxsus uskunalarda ishlashni o‘rgatish, kasbiy rivojlanish imkoniyati va do‘stona jamoa taklif etiladi. Manzil: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Mol bozor mo‘ljali, SAFI fabrikasi.
⚠️ Уважаемые соискатели, будьте внимательны при откликах на вакансии.
Зарплата
5 000 000 – 7 000 000 сўм



